YETTB tadbirkor ayollar uchun mentoring dasturini ishga tushirdi
O'zbekistonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining "Tadbirkor ayollar uchun mentoring" dasturga start berilishi munosabati bilan joriy yilning 27-iyul kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida dasturning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Unda Qozog'istonlik ekspert, Yevrosiyo biznes va tadbirkorlik maktabi rahbari Elnura Kasimova so'zga chiqdi va dastur ishtirokchilari uchun trening o’tkazadi. Ta’kidlash joizki, mazkur tashabbus YETTB "Kichik biznes uchun maslahatlar" dasturi doirasida amalga oshirilib, unda mentor (ustoz) yoki menti (shogird) sifatida ishtirok etish mumkin.
Shuningdek, mentorlar orasida “Begim”(Parfyum galereyasi) mas’uliyati cheklangan jamiyati asoschisi va raisi Gulchehrabegim Maxmudova, Maslov PR Tashkent agentligi hamkori va loyiha direktori Sevil Sakayeva, Caravan Group asoschisi va rahbari Natalya Musina, Chaykof qahvaxonalar tarmog‘i asoschisi/bosh direktori Alina Tsimerman, Testo tarmog‘i asoschisi Zamira Raxmanova va boshqalar mavjud. Umumiy hisobda esa loyihada 28 ta mentor ishtirok etadi.