April 22, 2022

Jahongir Ortiqxo‘jayev Chilonzor aholisi uchun qabul o‘tkazdi

Chilonzor tumanining "Katta Do‘mbirobod" mahallasida Shahar hokimi, poytaxtdagi sektorlar rahbarlari va Chilonzor tumani mutasaddilari ishtirokida tuman aholisi uchun qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi, o‘rganish talab etiladiganlari mas’ullarga biriktirildi hamda tushuntirish va tavsiyalar berildi.