August 4, 2022

Oliy Majlis Senatining yigirma toʼqqizinchi yalpi majlisi

Joriy yilning 4-avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma toʼqqizinchi yalpi majlisi oʼz ishini boshladi. Unda Senat, hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Videokonferentsaloqa tarzida oʼtkazilayotgan yalpi majlisni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Navbatdagi yalpi majlisda, “Oʼzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi, “Davlat qarzi toʼgʼrisida”gi, “Oʼzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oʼzgartishlar kiritish toʼgʼrisida”gi, qonunlar ko’rib chiqildi.

Shuningdek, Yalpi majlisda “Sudlarning faoliyati raqamlashtirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi va “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi qonunlarni muhokama qilindi.

Hamda, Senatorlar tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining Oʼzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi milliy maʼruza haqidagi axboroti muhokama etildi.

Ta’kidlash joizki, Senatorlar yalpi majlisning birinchi ish kuni davomida 7 ta masalani, shu jumladan 6 ta qonunni koʼrib chiqdilar.