Bright Uzbekistan jurnaliga qiziqish ko'lami kengaymoqda
Xabaringiz bor, bir muddat avval loyihamiz a’zolari ijodiy safar munosabati bilan Baku shahrida bo’lib qaytdilar. Qayd etish joizki, mazkur mamlakatga amalga oshirilgan tashrif ko’plab siyosat vakillari hamda ishbilarmonlar bilan tashkil etilgan uchrashuvlarga boy bo’ldi. O’zbekiston Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi bosh direktori Olimjon To’ychiyev bilan ham shu kabi uchrashuv tashkil etilib, Bright Uzbekistan jurnalining ilk soni taqdim etildi.
Ta’kidlanganidek, uchrashuv barcha uchun manfaatli va samarali bo’lib, ikki tomon vakillarining qiziqishlariga sabab bo’ldi. Olimjon To’ychiyev taqdimot davomida, loyihamiz faoliyatini doimiy kuzatib borishlari haqida aytib o’tdilar, shuningdek, junalimizning ilk sonini iliq qarshi olib, yuqori baholadilar.
Ma’lumot o’rnida, Olimjon To’ychiyev 2019-yilning noyabr oyida Prezident qarori bilan Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 2021-yilning may oyidan buyon esa, Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.