November 1, 2022

Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik Oʻzbekistonga kerakmi yoki yo’q?

Maʼlumki, Jahon savdo tashkiloti (JST) — wamlakatlararo savdo qoidalarini boshqarib turuvchi yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi.

Xoʻsh, ushbu tashkilotning asosiy vazifasi nimalardan iborat? Global dunyo uchun qanday ahamiyat kasb etadi? Unga aʼzo boʻlish qanchalik samara keltradi

Avvalo qayd etish lozimki, JST (WTO, ingl. World Trade Organization)ning asosiy maqsadlaridan biri oʻzini oʻzi himoya qilishni kuchaytirish va proteksionizm qoʻllanishini bekor qilishdan iborat. Mazkur tashkilot xalqaro tijorat uchun qulay huquqiy tizimni taqdim eta oladigan cheksiz imkoniyat eshigi. Oʻzaro qabul qilingan muhim hujjatlar davlatlarning oʻz savdo siyosatlarini kelishilgan mezonlarda olib borishlarida masʼuliyat yuklaydi. Bundan koʻzlangan maqsad — jahon bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiquvchilar, eksportyor va importyorlarga koʻmak berishdir.

Oʻzbekiston uchun kutiladigan natija nima boʻladi?

Albatta, har bir ishning samaradorligi oʻsha -davlat, muhitdagi yaratilgan sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga chambarchas bogʻliq kechadi. Buning uchun:

— iqtisodiyotni erkinlashtirish va sanoat tarmoqlari baravar rivojlanishini tartibga solish;

— narx-navoni tartibga solish va maqbul soliq tizimini vujudga keltirish;

— alohida sektorlar va ishlab chiqarishda subsidiyalarni saqlash;

— tovarlarni standartlash va sertifikatsiya qilish tizimini tartibga solish;

— xorij sarmoyalari jozibadorligini oshirish;

— import va eksport boj toʻlovlari tarifini tartibga solish talab qilinadi.

Har bir davlatning bu tashkilotga aʼzo boʻlish jarayoni oʻrtacha 8 — 10, baʼzi davlatlar uchun esa 10 — 15 yilni tashkil etadi. Oʻzbekiston 1995-yilda ariza topshirgan boʻlishiga qaramasdan, faqat 2017-yildan boshlab, ijobiy siljish kuzatilyapti. Lekin ustuvor sohalarning boshqaruvi 30 yildirki, monopolistlarning qoʻlida turibdi.

O'zbekiston uchun Afzalliklar koʻp, muammolarchi?

Tashkilotga aʼzo boʻlishning ijobiy jihatlari koʻp

uning zamirida iqtisodiy manfaat turadi. Yaʼni toʻsiqlarsiz oʻzaro mahsulot ayirboshlashga erishiladi va tovar ayirboshlanishi yuksak texnologiyalarning qoʻllanilishi hamda rivojiga hissa qoʻshadi.

xalqning turmush darajasini yaxshilashga turtki beradi, insonlarga sifatli mahsulot isteʼmol qilish imkonini yaratadi.

eksport qilinayotgan mahsulotlar hisobiga milliy mahsulotlar tannarxi tushirilishiga xizmat qiladi.

• milliy ishlab chiqarish hajmini oshirib, byudjetga pul tushumlarini koʻpaytiradi, savdo liberallashuvi mamlakat va alohida vatandoshlarimizning daromadlarini oshiradi.

mehnat bandligiga ijobiy taʼsir etadi.

Shu oʻrinda mamlakatimiz uchun bu borada qanday muammolar yuzaga keladi, degan haqli savol tugʻiladi.

JSTga aʼzoligi bojxona soliqlarini 8 — 10 foizgacha qisqartirishga olib keladi. Bundan esa Davlat byudjeti zarar koʻradi. Biroq, oʻz navbatida, bojxona tariflarining keskin qisqarishi Oʻzbekiston bozorlarida mahsulotlarning arzonlashuviga xizmat qiladi.

• iqtisodiyotni liberallashtirish, sanoatni xususiylashtirish, bozor erkinligiga davlat aralashuvini cheklash borasida tugallanmagan ishlar turibdi.

respublika ichkarisida zamon talabiga mos bozorbop mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xususan, paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oʻzbek fermerlari arzon va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Xitoy, Hindiston, BAA savdo shirkatlariga raqobat qila olmasligi xavfi tugʻiladi. Oqibatda qishloq xoʻjaligi daromadsiz sohaga aylanib qolishi, bu esa 49,5 foizi qishloqlarda yashaydigan aholi uchun yangi infratuzilmani yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Qishloqqa sanoat tarmoqlari kirib kelishi Gʻarb mamlakatlarida boʻlganidek, fuqaroning tafakkur dunyosi jiddiy oʻzgarishiga va ijtimoiy faolligiga olib keladi.

mening fikrim shundan iboratki?

JSTga aʼzolik, avvalo, monopolist boshqaruvga barham beradi va erkin raqobat yaratadi

manbalar:kun.uz rasmiy saytidan olingan holda yozildi