November 15, 2023

Media manipulyatsiyasi

Titanikda ~2,230 inson bor edi. 706 tasigina qutqarilgan, 1,524 inson vafot etgan.

Filmda esa deyarli barcha inson cho'kib halok bo'ladi. Qahramon esa haligi odamlardan ancha keyin cho'kishdan emas, suv sovuqligidan vafot topadi.

Filmni ko'rganlarning ko'pi yuzlab cho'kib ketgan odamlarga nisbatan hech qanday simpatiya his qilmaydi. Axir ularning orasida ayollar va chaqalorlar ham bor edi.

Ammo negadir ko'pchilik filmdagi sevishgan qahramonlarni tirik qolishini juda ham xohlaydi!

Hech savol berganmikanmiz nega film ko'rgan mahalimiz, haligi (o'g'ri, ichkilik sevar, qimorboz) qahramonni yaxshi ko'rganmiz-u, biroq ichimizdan haligi yuzlab cho'kib ketgan, chaqaloq, ayol-u qarilarga nisbatan his yo'q?

Javob

Film yaratuvchilari sizni, kemada faqatgina shu 2 qahramon mavjuddek ko'rsatishga va siz cho'kib o'lgan chaqalog'-u ayollarni go'yo hech qachon bo'lmagandek unutib, shuncha qilgan xatolariga qaramasdan 2 qahramonni ularni yaxshi ko'rishga majburlay olgan.

Xulosa

Ommaviy axborot vositalari har kuni bizni mana shunday manipulyatsiya qiladi.

Haqiqatga to'g'ri keladimi yo'qmi deb emas, balki o'zlarining siyosiy, mintaqaviy yoki materialistik qarashlariga ko'ra ma'lumotni bir burchaginigina ko'rsatishga urinishadi.

Bugungi kunda bizning dunyomizda, sharq bo'lsin yo g'arb bo'lsin, haqiqat nuqtai nazari bir yoqda qolib, faqat o'zlarining manfaatiga asoslangan bir burchakdan chiqqan "haqiqatni" ko'rasiz.

Deb yozadi Maruf Yusuf Linkedin'da