January 4, 2021

Applening asoschisi Steve Jobs haqida

Applening asoschisi, boshlang'ich ofisi, yaratilishi, kompaniya asoschisining o'z kompaniyasidan haydalishi, asoschining yangi kompaniya yaratishi va uning Applega qaytib kelishi haqida.

Apple Inc. Asoschisi — Stiv Jobs (1955-2011). Stiv Jobs 1955-yilda San-Fransisko shahrida Viskonsiya Universitetining bitiruvchi talabalari oilasida dunyoga keldi. Biroq ota-onasi hali ism ham qo’yilmagan bolani boshqa oilaga berib yuboradi. Uni Klara va Pol Djobslar boqib oladilar va Stiv Pol Djobs deb ism qo’yadilar. Klara hisobchi, turmush o’rtog’i Pol esa mashinist lavozimlarida mehnat qilishar edi.

Apple kompaniyasiga 1976-yil Stiv Jobs va Stiv Voznyaklar tomonidan asos StivJobsning o'gay otasi Pol Jobsning garajida solingan. Apple kompaniyasining savdodagi birinchi hamkori kompyuter qismlari sotuvchi do'kon egasi bo'lgan.

Stiv Jobs kompaniya rivojlanganidan so'ng, bir necha yil o'tib, u o'z kompaniyasidagi yirik aksiyadorlar tomonidan haydalgan. Lekin, bu bilan o'z maqsadiga erisholmasligini tan olmadi va u NEXT nomli kompaniyaga asos soldi. Va ushbu kompaniya O'yinchoqlar tarixi nomli multfilm ishlab chiqib bu orqali Stiv Jobs juda katta daromad topdi.

Apple Stiv Jobs yo'qligi sabab huddi bir oyoqsiz va qo'lsiz harakatlanishdan to'xtab qolgandi. Shundan so'ng buning oqibatini tushungan kompaniyaning birinchi aksiyadori Stiv Jobsni kompaniyaga qaytishini, uni yana boshqarishini taklif etdi. Stiv Jobs Apple'ga qaytib keldi. Katta ishlar bajarib, kompaniyani cho'qqi tomon yetakladi. Apple yana rivojlandi. Lekin oradan bir yil o'tib, Stiv Jobs og'ir kasallikdan vafot etdi.

Apple Inc. Hozirgi kunda eng yirik IT Gigant kompaniyalardan biri va uning bozordagi qiymati 1,5 trln dollardan oshiq. Apple Inc. ning hozirgi kundagi rahbari Tim Kuk.