Qashshoqlik nimaligini yaxshi biladigan 15ta milliarderlar
Xalqimiz orasida «pul-pulni chaqiradi” degan naql bor, lekin bu qanchalik to‘g‘ri? Kamtarona oddiy hunardan ish boshlagan quyidagi 15 nafar inson nafaqat o‘z sohalarining cho‘qqisiga chiqishdi, balki dunyoning eng boy kishilari orasidan o‘rin ham egallashga muvaffaq bo‘lishdi. Bu insonlar bizga mehnat, uddaburonlik va biroz omad bilan har bir odam ajoyib muvaffaqiyatlarga erisha olishi mumkinligini isbotlab berishdi.
1. Kenny Troutt ($1.7 mlrd, sentabr 2013)
Oddiygina oiladan chiqqan Kenny Illinois universtitetini sug‘urtalar sotish bilan pul topib, bazo‘r bitirgan. 1988-yili Excel Communication nomli telefon kompaniyasiga asos solgan va 1996 –yili 3,5 milliard foydani qo‘lga kiritgan.
2. Govard Shultz ($2 mlrd, sentabr 2013)
Yoshligida kambag‘allar uchun maxsus qurilgan uy kompleksida yashagan. Michigan universtitetini futbol uchun berilgan grant asosida tugatgach Xerox firmasida ma’lum vaqt ishlagan. Oz muddatdan so‘ng kichginagina Starbucks nomli kofe shahobchasini sotib oladi. 1987-yili u shu kompaniyaning bosh rahbari lavozimini egallagan va tayyor kofe savdosini rivojlantirishga kirishgan. O‘sha paytda kompaniyaning savdo bo‘limlari 60 tagina bo‘lgan bo‘lsa hozirda bu raqam 16.000 taga yetgan.
3. Ken Langone ($2.1 mlrd, sentabr 2013)
Ota-onasi slesar’ va tamaddixona xizmatchisi bo‘lishgan. O‘zi esa Bucknell universtitetida o‘qish uchun og‘ir mehnat qilib pul topgan va hattoki Kenning ota-onasi o‘z uylarini garovga qo‘yishga majbur bo‘lishgan. 1968-yili u Rose Petrot bilan Electronic Data Systems (hozirgi HP)da ish boshlagan. Keyinchalik esa taniqli sarmoyachilar qatoridan joy olgan.
4. Oprah Vinfrey ($2.9 mlrd, sentabr 2013)
Oprah Mississipida qashshoq oilada dunyoga kelganiga qaramasdan Tennessee Universtitetiga grant yutib olishga muvaffaq bo‘ladi va 19 yoshida Amerikaning birinchi afro-amerikalik muxbiriga aylanadi. 1983-yili u Chicagoga «AM talk” shousiga boshlovchi bo‘lib keladi. (hozirda bu shou Oprah Winfrey nomi bilan ataladi)
5. Shahid Xon ($3.8 mlrd, sentabr 2013)
Shahid Pokistondan Amerikaga kelganida soatiga $1,20 maosh evaziga idish-tovoq yuvib hayot kechiradi va Illinois universtitetida shu asnoda o‘qiydi. Hozirda esa u AQShdagi eng katta shaxsiy kompaniyalaridan biri bo‘lgan Flex-N-Gate kompaniyasi, Fulham futbol va Jackonsville Jaguars jamoalariga egalik qiladi.
6. Kirk Kerkorian ($3.9 mlrd, sentabr 2013)
Ota-onasiga moliyaviy yordam berish uchun 8-sinfda maktabni tashlab ketgan. Ikkinchi Jahon urushi vaqtida Buyuk Britaniyaning Havo kuchlari tarkibida xizmat qilgan. Keyinchalik esa qiziqishlari ketidan quvib, bir necha sohalarda tajriba oshirgan Kirk Las Vegasning eng katta mehmonxonalari va dam olish uylarini qurishga muvaffaq bo‘lgan.
7. Jon Paul DeJoira ($4 mlrd, sentabr 2013)
10yoshigacha oilasiga yordam berish uchun gazeta va tabriknomalar sotgan. Keyinchalik, ota-onasining boqishga qurbi yetmagach, bolalar uyida yashashga majbur bo‘lgan. Armiyada xizmatni o‘tab qaytgach, $700 qarz olib eshikma-eshik yurib shampun sotib kun ko‘radi.
8. Do Von Chang ($5 mlrd, sentabr 2013)
1981-yili xotini Jin Sook bilan Koreyadan Amerikaga ko‘chib kelishgach, Do Von bir vaqtning o‘zida 3ta joyda qorovullik, yoqilg‘i quyuvchi va kofe-shopda sotuvchilik qilib pul jamg‘aradi. 1984-yilda o‘zining eng birinchi kichkina kiyim do‘konini ochishga erishadi. Hozirda u butun dunyoga mashhur bo‘lgan Forever 21 kiyim brendining asoschisi va boshqaruvchisi sifatida xizmat qiladi. Bu brendning 480ta savdo bo‘limlari bo‘lib, 2011-2012 yilda $3milliardlik savdo qildi.
9. Ralp Lauren ($7.7 mlrd, sentabr 2013)
Kollejni tashlab harbiy xizmat vazifasini o‘tash uchun ketadi. Keyinchalik u hisobotchi lavozimida ish yuritadi. Kunlardan bir kuni erkaklar uchun turli-xil ko‘rinishdagi va rangdagi galstuklar ishlab chiqarish haqidagi orzuini 1967-yili amalga oshira oladi va muvaffaqiyat qozonib kelgusi yilining o‘zida Polo firmasiga asos soladi.
10. Francois Pinault ($15 mlrd, sentabr 2013)
Hozirda moda olamining eng mashhur magnatlaridan biri bo‘lgan Francois 1974-yili kambag‘alligi tufayli qattiq kalaka qilinishi, uning maktabni tashlab ketishiga sabab bo‘lgan. Pinault biznes olamida «yirtqich” nomi bilan tanilgan. U firmalarni qiyin moliyaviy ahvolga tushib qolgan paytida arzon garovga sotib oladi va shu firmlarni boshidan o‘zgartirish bilan yo‘lga qo‘yadi. Pinault Gucci, Stella McCartney, Yves Saint Laurent va Alexander McQueen kabi brendlarni o‘zida jamlovchi Kering (sobiq PPR)ning bosh asoschisi hisoblanadi.
11. Leonardo Del Vecchio ($15.3 mlrd, sentabr 2013)
Leonardo oilasida 5farzandning biri bo‘lgan, lekin beva onasi uni boqishga qurbi yetmay bolalar uyiga topshirgan. Ulg‘aygach, zavodda mashina qismlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. 23yoshga yetganida, u o‘zining shaxsiy quyma qoliplar ustaxonasini ochgan. Hozirda u dunyoga mashhur Ray Ban va Oakley ko‘zoynaklarini ishlab chiqaruvchi eng katta korxona egasiga aylangan.
12. George Soros ($20 mlrd, sentabr 2013)
George ona yurti Vengriyani tashlab, 1947-yili Londonga kelgan. London School of Economics oliygohiga o‘qishga kiradi va offitsiant va yuk ko‘taruvchi vazifalarida ishlab o‘qish harajatlariga pul topadi. O‘qishni bitirib biroz vaqt davomida esdalik sovg‘alarini sotadi, keyin esa New York bankiga ishga qabul qilinadi. Hozirda George mashhur sarmoyachi va iqtisodchidir.
13. Li Ka-Shing ($31 mlrd, sentabr 2013)
Xitoyda tug‘ilgan, 15-yoshligida otasidan ajralgach bir o‘zi oilasini tebratishga majbur bo‘lgan. 1950-yilda Cheung Kong Industriesga asos solgan. Plastmassa buyumlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonasi tez orada ko‘chmas mulk quruvchi konglomeratga aylangan.
14. Garold Simmons ($40 mlrd, sentabr 2013)
Dunyoning eng boy kishilaridan biri bo‘lgan Garold elektr toki va suv ta’minotiga bo‘lmagan xaroba kulbada katta bo‘lgan. Texas universtitetiga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish va sotish bilan mashhurlika va boylikka erishgan.
15. Larry Ellison ($41 mlrd, sentabr 2013)
Broklinda tug‘ilgan, amakisi va xolasi tomonidan Chikagoda voyaga yetgan. Xolasi vafot etgach, kollejni tashlab 8 yil davomida turli ishlarda ishlab yurgan. Va nihoyat 1977-yilda barchamizga ma’lum va mashhur Oraclega asos solgan.
MANBA: realbiznes