Foydalanuvchilar qanday qaror qabul qilishadi? “Pilot” va “avtopilot” rejimlari
Siz mijozlarni harid qilish qaroriga qanday omillar tasir etishi haqida o’ylab ko’rganmisiz psixolog-kognitivist Daniel Kaneman kuzatuvlaridan ma’lum bo’ldiki, insonlar ongsiz holda, fikrlashning 2 tizimi omillari tasiri ostida mahsulotlarni xarid qilishar ekan.
Foydalanuvchilar qanday qaror qabul qilishadi?
“Pilot” va “avtopilot” rejimlari
1. Birinchi tizim: "Avtopilot" (ongsiz) Bu tez, avtomatik va assotsiativ tizim. U 24/7 vaqt mobaynida sezgilar orqali miyaga kiradigan ma'lumotlarni tahlil qiladi: ko'rish, teginish, hid, eshitish, ta'm. Agar odam savdo markazida reklama bannerini sezmagan deb o'ylasa ham, avtopilot - eng aqlli mexanizm - u uchun hamma narsani qildi va ko'rgan tasvirini xotirasiga joylab qo'ydi.
Marketologlar avtopilotdan maksimal darajada foydalanishga harakat qilishadi, chunki bu xaridorlarga o'ylamasdan hissiy xaridlarni amalga oshirishga yordam beradi. Lekin asosli qarorlar qabul qilish uchuvchining vazifasidir.
2. Ikkinchi tizim: "pilot" (ong) Bu oqilona tanlovlar va qarorlarni o’ylab qabul qilishning sekin, mashaqatli boshqaruv tizimi. Uning ishlashi avtopilotnikidan ancha past va u endi 24/7 vaqt mobaynida emas, faqat xaridor biror narsani birinchi marta uchratganda ishlaydi.
“Avtopilot “va “pilot” marketingda qanday ishlatiladi? Aytaylik, siz oilaviy kechki ovqatni rejalashtiryapsiz va sizning harid ro'yxatingizda apelsin sharbati bor. Siz o'nlab noma'lum brendlar bo'lgan peshtaxtaga qaraysiz, keyin sizningcha eng jozibali bo’lgan Dobry sharbatini olasiz va mamnun holda kassaga borasiz.
Nima uchun aynan shu brend? Bu juda oddiy - butun oy davomida uning reklamalari sizning sevimli telekanalingiz va ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etildi. Video va bannerlarda baxtli oilaning stolda tushlik qilib, eng mazali va sog'lom sharbatni maqtayotgani aks etgan. Siz buni butunlay e'tiborsiz qoldirishingiz mumkin edi, lekin avtopilot hamma narsani ko'rdi, esladi va oxir –oqibat shinam oilaviy yig’ilishlar manzarasini “Dobriy” qiyovasida yaratdi Shuning uchun u avtomatik ravishda sizga signal yuborishni boshlaydi: "Bu qutini sotib ol, men bilaman".
Aytaylik, javonlarda Dobry sharbati yo'q edi va sizning oldingizda mutlaqo noma'lum va reklama qilinmagan brendlar bor. Bu erda pilot uyqudan chiqadi va faol miya jarayonini boshlaydi. Aynan shuning uchun ishlab chiqaruvchi va mahsulot tarkibini bilish uchun qo'llar paketlarga cho'ziladi.
Mijozlaringizni uzoq o'ylashga majburlamang: ularga mahsulotingizni do'kon oldida ko'rishdan oldin tanishishiga yordam bering. Yoki bu vazifani marketing bo'limingizga yuklang