June 30, 2022

Buxoro viloyatida 6 ta davlat organi va tashkilotlarining tuman (shahar) bo'limlari "E-huquqshunos" elektron tizimga ulanishni boshladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2022-yildagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-173-son qaroriga asosan, Buxoro viloyatidagi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi, sportni rivojlantirish, oila va xotin-qizlar tuman (shahar) bo'limlari, tuman (shahar)davlat soliq inspeksiyalari hamda aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining mas'ul xodimlariga “UNICON-SOFT” MChJ Buxoro filiali tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulanish uchun maxsus himoyalangan apparat qurilmalari bilan ta’minlash ishlari olib borildi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmatlar bo'limi boshlig'i A.Barotov so'zga chiqib «E-huquqshunos» elektron tizimidan foydalanish boʼyicha tushuntirishlar berdi.