Xodimlarning 901.098.243 so`mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari undirib berilishi ta'minlandi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Buxoro viloyat toza hudud” davlat unitar korxonasida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash talablariga rioya etilish ahvoli monitoring qilinganda korxona 2021-yil 14-yanvar holatida xodimlardan jami 901.098.243 so`mlik qarzdorligi mavjud ekanligi aniqlandi.
Vaholanki, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasida mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanishi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi, xodimlarning ayrim toifalari uchun alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ish haqi to‘lashning boshqa muddatlari belgilab qo‘yilishi mumkinligi, haq to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to‘lanishi belgilab qo`yilgan.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasida ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq Mehnat Kodeksning 161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shartligi ko`rsatilgan.
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 1984-moddasiga binoan Adliya organlarining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini bajarmaslik, shu jumladan o‘z vaqtida yoki to‘liq bajarmaslik, —mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yuqoridagilarga hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
13-apreldagi 3666-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va xodimga to‘lanishi kerak bo‘lgan ish haqi hamda unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash mukofot pulini undirish maqsadida “Buxoro viloyat toza hudud” davlat unitar korxonasiga viloyat adliya boshqarmasi tomonidan taqdimnoma kiritilib, 901.098.243 so`mlik ish haqi hamda unga tenglashtirilgan to‘lovlar undirib berilishi ta’minlandi.