April 13, 2022

Sayyor qabul hamda targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi

Kogon tuman adliya bo'limi FIB viloyat sudi hamda FIB Kogon tumanlararo sudi bilan hamkorlikda Kogon tumanida joylashgan Niyoz Hoji MFYda sayyor qabul hamda targ'ibot tadbiri tashkil etishdi.

Mazkur tadbir jarayonida dastlab Uy-joyga egalik huquqi, bola puli, aliment to‘lovlari, qarzni undirish, xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlik, himoya orderi berish kabi savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

Shuningdek, chet davlatlarning harbiy xizmatlariga kirish va yollangalik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksininig 154-1-moddasida javobgarlik masalasi belgilab qo'yilganligi xususida tushintirish berib o'tildi.

Aytish o‘rinliki, sayyor qabulda ko‘rib chiqilgan murojaatlarning asosiy qismi uy-joy, elektr va gaz ta’minoti masalasida amaliy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq edi.

Yakunda ayrim murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganib chiqish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi. Albatta, bu kabi sayyor qabullar fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berayotgani bilan ahamiyatlidir.

Kogon tuman adliya bo'limi