Adliya ko'magi bilan tadbirkor foydasiga 1. 088. 354. 787 so‘m undirildi
Tadbirkor Buxoro shahar hokimligi tomonidan olib qo‘yilgan yer maydoni va buzilgan bino-inshoot uchun kompensatsiya to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.
Kelib tushgan murojaatga asosan murojaat tegishli tarizda o'rganib chiqildi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan murojaat muallifining manfaatini ko'zlab Buxoro shahar hokimligiga nisbatan buzdirilgan bino va inshootlar uchun 212 552 422 so‘m, olib qo‘yilgan yer maydoni uchun 870 726 365 so‘m kompensatsiya to‘lovlari hamda 5 076 000 so‘m ekspertiza xarajatlarini undirib berish haqida Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo ariza kiritilib, sudning 2022-yil 21-yanvardagi 4-2001-2104/4478-son hal qiluv qaroriga asosan javobgar Buxoro shahar hokimligidan da’vogar “Abduraxmon – IXA” MCHJ foydasiga 1 088 354 787 so‘m undirish belgilanib, tadbirkorning murojaati qanoatlantirildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash