August 24, 2022

Vobkent tuman adliya bo‘limi tomonidan Prezident xalq qabulxonasi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Joriy yilning 23-avgust kunida Vobkent tuman adliya bo‘limi hamda YuXKM xodimlari tomonidan Prezident xalq qabulxonasi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 maydagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha” chora-tadbirlar dasturining 51-bandiga asosan, qizil hududga tushgan “Chorbog'kent” MFYda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Shuningdek, shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinlgi haqida fuqarolarga tushuntirildi.