May 5, 2022

⚡️Diqqat, e’lon!

Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda qonuniylikni mustahkamlash maqsadida joriy yilning 7 may kuni soat 10:00 dan boshlab Buxoro shahridagi Somoniylar madaniyat va istirohat bog‘ida “Adliya sayli” shiori ostidagi huquqiy madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tadi.

Saylda adliya, notariuslar, advokatlar, davlat xizmatlari boshqarmasi va FHDYO bo‘limi xodimlari hamda “Madad” NNT mutasaddilari va boshqa hamkor tashkilot vakillari tomonidan hudud aholisini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, ularni hal etish choralarni ko‘rish maqsadida sayyor qabullar tashkil etiladi.

Shuningdek, tadbir davomida mutasaddi tashkilotlar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari va imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan yaratilgan mahsulotlar yarmarkasi o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, sayl dasturidan xushovoz xonandalar ijrosidagi konsert, badiiy chiqishlar, huquqbuzarlik oqibatlarini namoyon etuvchi sahnalashtirilgan teatr tomoshalari va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘rin olgan.

Saylda “Huquqingizni bilasizmi?” tezkor savol-javob shaklidagi viktorina tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: 0 (365) 223-09-90