June 14, 2021

Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid!

Joriy yilnig 11-iyun kuni Vobkent tuman tibbiyot birlashmasida tashkilot xodimlarining huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida “Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid” mavzusida davra suhbati tashkillashtirdi.

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi mas`ul J.Ashurov hamda Vobkent tuman adliya bo'limi boshlig'i tomonidan ishtirokchilarga davlat va jamiyat rivojiga jiddiy ta'sir ko‘rsatuvchi xavfli omil korrupsiyaga haqida, uning xavfli jinoyat ekanligi haqida, xususan korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar haqida xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni va javobgarlik masalalari yuzasidan to‘xtalib o‘tdilar.

Shuningdek ma`ruza davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda 2021 yilda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonidagi qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan va saylovda har bir saylovchining shaxsan o‘zi ishtirok etishi kerakligi bo'yisha tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan tushuntirishlar berilib, o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.

Vobkent tuman adliya bo‘limi