November 17, 2022
RADIOVIKTORINA
Bugun Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Buxoro teleradiokanali bilan hamkorlikda Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiyam gʼururim" shiori ostida onlayn radioviktorina tashkil etildi.
Mazku viktorinada 10 dan ortiq tinglovchilar faol qatnashdilar va 4 nafar tinglovchi konstitutsiyaviy bilimlarini koʼrsatib, gʼoliblikni qoʼlga kiritdi. Mazkur viktorina har haftaning payshanba kunlari tashkil etilgan boʼlib, gʼoliblar 8-dekabr arafasida munosib taqdirlanadi.