July 7, 2022

Qorako'l va Olot tumanlari ham "E-Huquqshunos" elektron tizimiga ulandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi "Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-173-son Qaroriga asosan 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining bo'limlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim maktablari hamda ko'p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalariga yuridik xizmat ko'rsatishilishi yo'lga qo'yish belgilangan.

Shu munosabat bilan yuqoridagi normativ-huquqiy hujjat ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ishchi guruhi tomonidan, Olot tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish Markaz xodimlari hamda “UNICON-SOFT” MChJ xodimlari hamkorligida Olot tuman hokimligining majlislar zalida Olot tumanidagi umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda ko'p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari rahbarlari o'rtasida seminar tashkil etildi.

Seminar ishtirokchilariga Prezidentimizning 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-sonli hamda 2022-yil 18-martdagi PQ-173-sonli qarorlari mazmum mohiyati tushuntirilib, seminar ishtirokchilariga ro'yxat bo'yicha "E-huquqshunos" elektron tizimidan foydalanish uchun maxsus qurilmalar tarqatib berildi.

Shuningdek, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi A.Ro'ziyev boshchiligida Qorako'l tumanidagi umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda ko'p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari rahbarlariga Prezidentimizning qarorlarining mazmuni hamda "E-Huquqshunos" elektron tizimining afzalligi, undan foydalanish bo'yicha maslahatlar berildi.

Qorako' tumanidagi matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktabda tshkil etilgan seminarda bog'cha, maktab va oilaviy poliklinika rahbarlariga "E-Huquqshunos" elektron tizimidan foydalanish uchun maxsus qurilmalar tarqatib berildi.