Navbatdagi sayyor qabul Olot tumanida bo’lib o’tdi
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan navbatdagi sayyor qabul joriy yilning 25 iyun kuni Olot tumanidagi "Ganchi Chandir" MFYda tashkil etildi.
Qabulda DXA viloyat boshqarmasi va tuman adliya bo’limi xodimlari hamda mahalla mas`ullari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mutasaddilar aholi murojaatlarini qabul qilishdi, mavjud vaziyat, muammolarni har bir soha va yo‘nalish bo‘yicha atroflicha o‘rganishdi. Muloqotlarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar murojaatlariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash yuzasidan tushgan murojaatlarni mutaxassislar ishtirokida o‘rganib chiqilib, huquqiy tushuntirishlar berildi.
— Sayyor qabul davomida fuqarolar turli masalalarda murojaat qilishdi, — deydi viloyat adliya boshqarmasi mas`ul xodimi Ilxom Bozorov — Bu masalalarni joylarning o‘zida hal qilish mumkin. Faqat mas’uliyat bilan yondashilsa, sansalorlikka yo‘l qo‘yilmasa, odamlarni o‘ylantirayotgan muammolar tez va oson yechim topadi.
Qabulda 10 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilib, 2 nafar fuqaroning murojaati tegishli tartibda ko`rib chiqish uchun nazoratga olindi.
Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari bo’limi