November 9, 2022

“Korxona iqtisodiyoti”, “Ish yuritish va xodimlarni boshqarish” va “Mehnat iqtisodiyoti” fanlaridan sayyor dars

04.10.2022 yil 3-1BankKT-22, 3-1 IQTKT-20, 3-2IQTKT-20, 3-1VVKT-20 guruhi talabalari bilan “Korxona iqtisodiyoti”, “Ish yuritish va xodimlarni boshqarish” va “Mehnat iqtisodiyoti” fanlaridan talabalarni Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi Buxoro shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markaziga "Iqtisodiyot" kafedrasi o'qituvchilari S.S.Davlatov, M.A.Bakayeva, Abdullaeva H., Qudratov M. va Sh.To‘raevlar tomonidan sayyor dars o’tkazildi.

Sayyor dars davomida talabalar markazning xizmat ko‘rsatish faoliyati, uning bo’limlari, ish jarayoni, elektron hujjatlashtirish jarayoni bilan markaz direktori Ilnazarov Aziz tanishtirdi. Markazning 2-qavatida joylashgan Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi faoliyati bilan boshqarma bo‘lim boshlig‘i Muzaffarov Muxlis talabalarni yaqindan tanishtirdi. Korxonalarni ochishda rasmiylashtirish, nodavlat notijorat korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida talabalarga tushuncha berdi.

Talabalar markaz faoliyatiga doir savollar berib qoniqarli javoblarni oldilar. Talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda ko’rib bilim malakalrini oshirdilar va ijobiy xulosa qildilar.