June 29, 2021

SAYYOR QABUL: AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT VA MUAMMOLAR YECHIMI...

Joriy yilning 25-iyun kuni Jondor tuman Paxlavon MFY binosida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini muammolarini hal qilib berish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Dastlab qabulda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Shuxrat Toyirov so‘zga chiqib ishtirokchilarga yurtimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, tumanda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishda adliya organlarining o‘rni to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va ayollarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik yordam berish, bilim va kasb o‘rganishga ishtiyoqi bor bo‘lgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Qabulda yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PF–6243-son “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar”gi PF-5996-son Farmonining mazmun mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan ma’ruza qilindi.

Bundan tashqari, tadbirkorlik qilish maqsadida yer ajratish, elektr ta’minoti, yo‘lni ta’mirlash, moddiy yordam, pensiya, mehnat va bandlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi va uchrashuvda jami 20 ga yaqin fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha 10 ta fuqaroning o‘rganish talab qiladigan murojaatlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilib olindi.

Ilxom Bozorov, Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari bo’limi yetakchi maslahatchisi