April 1, 2022

20 nafar rus tili o’qituvchisining 130 673 600 so`mlik ustama haqlari undirib berildi

Peshko' tumanidagi maktablarida faoliyat yuritayotgan 20 nafar rus tili fani o`qituvchilari xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro`yxatidagi C1 TRKI-Sh sertifikatiga ega bo`lsalarda, hozirga vaqtga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qaroriga amal qilmasdan oylik maoshiga 50 foiz ustama qo`shib berilmayotganligini bildirib, ustamalarini undirib berishda amaliy yordam so`rab Peshko` tuman adliya bo’limiga murojaat qilishdi.

Mazkur murojaatni ijobiy hal etish maqsadida bo’lim tomonidan o’qituvchilarning manfaatini ko`zlab fuqarolik ishlari bo’yicha Peshku tumanlararo sudiga sud buyrug’i tartibida ariza berilib, 20 nafar rus tili o’qituvchilarining 130 673 600 so`mlik ustama haqlarini qarzdor Peshku tuman Xalq ta’limi bo`limidan undirishi ta'minlandi.

Peshko' tuman adliya bo'limi