March 31, 2022

PRЕZIDЕNT QARORLARINING IJROSI AMALDA

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 22-fevraldagi
1-25/15-90/8-sonli topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-son “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘chimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi joyiga chiqqan holda monitoring qilindi.

1.                O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi rahbarlari hamda tuman shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlari mudirlarlarining lavozim vazifalari taqsimoti loyihasi ishlab chiqilgan.

2.                Hududlarda maktabgacha ta’lim xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI” ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar ilova qilindi.

3.                Mazkur qarorning 3-bandi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-son “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘chimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ilova qilingan “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish dasturi”da yangi tashkil etiladigan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni jami 19 ta etib belgilangan.

Monitoring natijasida, Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan 2 ta tumanda (Buxoro hamda Kogon tumanlari) jami 18 ta oilaviy nodavlat maktabgacha talim tashkilotlari faoliyat yuritib, ularning umumiy quvvati 925, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan yangi o‘rinlar soni esa 80 tani tashkil qilishi ma’lum bo‘ldi.

Qarorda ilova qilingan “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish dasturi”da yangi tashkil etiladigan davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 2021-2022-yillarda soni jami 6 ta etib belgilangan.

Tahlil natijasida, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan 2 ta tumanda 6 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan bo’lsada, Buxoro tumanida 3 ta, Kogon tumanida 3 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tuzish uchun bitimlar imzolanganligi, biroq, shundan faqatgina 2 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bugungi kunda faoliyat yuritishi ma’lum bo‘ldi.

4.                Qarorning 4-bandi bo‘yicha qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha, 2021-yil yakuniga qadar hududlarda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ilova qilindi.

5.                 Qarorning 5-bandi bo‘yicha tumanlarning ma’muriy markazlaridan tashqari joylarda yangi tashkil etiladigan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan jihozlash me’yorlariga muvofiq mebel, jihoz va asbob-uskunalarni sotib olish uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 30 million so‘mgacha miqdorda subsidiyalar ajratilmagan.

6.                Qarorning 6-bandi bo‘yicha ilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etiladigan aholi xonadonlarining qurilish normalari, sanitariya qoidalari va me’yorlariga, yong‘in xavfsizligi talablariga mosligini, issiqlik tizimi barqaror ishlashini hamda kerakli jihozlar bilan ta’minlanganligini o‘rganib chiqilgan.

Buxoro viloyat hokimligi tomonidan o‘rganish natijasida shakllantirilgan kafolatli tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini, ularning kredit resurslari, mebel, jihoz va asbob-uskunalarga bo‘lgan talabi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Maktabgacha ta’lim vazirligiga taqdim etilgan.

7.                Qarorning 7-bandi bo‘yicha 2021-yil 1-iyuldan boshlab davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning moliyaviy holatini yaxshilash hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun:

Qarorning 1-ilovasida belgilangan tumanlarda Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklarida joylashtirilgan resurslar hisobidan 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 foizlik stavkada kreditlar ajratilmagan.

Yuqoridagi kachiliklardan kelib chiqgan holda umumiy monitoring natijasiga ko'ra, aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish choralari ko'rildi.