Yuridik xizmat takomillashmoqda
"Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati samarodaorligini oshirish yuzasidan Yo'l xaritasi"da belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi "Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat adliya boshqarmasida uchrashuv o'tkazildi.
Moliya , xalq ta'limi, sportni rivojlantirish, oila va xotin-qizlar va boshqa viloyat boshqarmalarining mas'ul xodimlari ishtirok etgan uchrashuvda davlat organlari va tashkilotlariga ko'rsatilayotgan huquqiy xizmat mobaynida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan mazkur sohani va qonunchilikni yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar bildirildi.
Bundan tashqari, boshqarma boshlig'i o'rinbosari SH.Toyirov va huquqiy xizmatlari bo'limi boshlig'i A.Barotovlar so'zga chiqib, yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati, davlat organlari va tashkilotlariga huquqiy xizmat ko'rsatish sifati, ishni samarali tashkil etishda e’tibor qaratish lozim bo’lgan jihatlar haqida yig’ilganlarga ma’lumot berishdi.
Shuningdek, "E-Huquqshunos" elektron tizimga ulanmagan 6 ta tuman (shahar) tashkilotlarini tez vaqta ulash bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.