“Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” tadbiri hamda “Sog'liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi munosabati bilan targ'ibot tadbiri tashkil etildi
Kuni kecha Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Shoshilinch tibbiy yordam Respublika ilmiy markazi Buxoro filiali xodimlari ishtirokida “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” tadbiri hamda “Sog'liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi munosabati bilan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari mazmun-mohiyati shuningdek, xotin-qizlarga qonunchilikda begilangan huquq va imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.