November 1, 2022

Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazildi

🔰Bugun, Qorako'l tuman hokimligi binosida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali va viloyat Adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari targ‘ibot guruhi tomonidan tumandagi davlat organi va tashkilotlarida davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari to‘g‘risida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

♻️Mazkur o‘quv-seminarida hokimlik boshqaruv apparati xodimlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

♻️Seminarda davlat xizmatchilari o‘z vazifasiga mas'uliyat bilan yondashishi, kasbiga sadoqat va halollik, murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunda belgilangan tartibda hamda muddatlarda qonuniy, asosli va adolatli hal etilishi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.