February 18, 2022

Navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 18-fevral kuni Buxoro viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 2021-yil davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Hay’at majlisi viloyat yuridik texnikum majlislar zalida tashkil etilib, unda boshqarma markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari, tizimdagi tuman (shahar) adliya bo‘limlari hamda tuman (shahar) yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Hay’at yig‘ilishida boshqarma va uning tizim tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda yuridik xizmat ko'rsatishni tashkil etish, fuqaro murojaatlari bilan ishlash, huquqiy ekspertiza, kadrlar masalasi hamda huquqiy targ'ibot yo'nalishlari bo'yicha yo‘l qo‘yilgan ayrim xato va kamchiliklar muhokama etildi.

Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan ayrim xodimlarga intizomiz jazo choralarini ko'rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.