August 25, 2022

Kogonda sayyor qabul o'tkazildi

Kogon tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “Choloki” MFY da sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Sayyor uchrashuv jarayonida O’zbekiston Respublikasida referendum o‘tkazish, chet el harbiy tuzilmalariga yollanganlik uchun javobgarlik, tadbirkorlik hamda boshqa qonun hujjatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Tadbir jarayonida, fuqarolar tomonidan berilgan 10 dan ortiq savollarga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan 2 ta murojaat bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.