February 28, 2022

Manzilli huquqiy targ'ibot

Peshku tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan kuni kecha tuman maktabgacha ta`lim bo`limi xodimlari va unga qarashli bo`lgan davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari direktorlariga mehnat qonunchiligi va sohaga oid normativ huquqiy hujjatlar hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi "Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5168-son Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berildi, shuningdek, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga asoslangan holda huquqiy tushuntirish berildi.

Bundan tashqari yillik reja-dasturning 2.1-bandi bo`yicha mehnat qonunchiligida belgilangan huquqlar va imtiyozlar, Dasturning 3.3-bandi bo`yicha majburiy mehnat va uning har qanday turlariga yo`l qo`yilganda qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari, shuningdek Dasturning 3.2-bandi bo`yicha “bolahuquqlari.uz” huquqiy axborot portalidan tashkilot tarbiyalanuvchilari uchun mashg`ulot paytida keng foydalanish bo`yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tashkilot xodimlariga Dasturning 1.1-bandi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, unda belgilab berilgan fuqarolarning huquq va burchlari bo`yicha keng tushuntirishlar berildi.