Deputatlar uchun navbatdagi seminar-trening o'tkazildi
Jamiyatda konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta`minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholi va ijrochilarga tushuntirish maqsadida joriy yilning 25-iyun kuni G'ijduvon tuman hokimligi majlislar zalida adliya xodimlari tomonidan “Adliya - deputatga ko'makdosh” shiori ostida xalq deputatlarining tuman Kengashi deputatlari hamda tegishli hududiy partiya kengashi vakillari uchun o'quv-seminari o'tkazildi.
Tadbirda tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi M.Jo'rayev so'zga chiqib, ishtirokchilarga mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash yo'lidagi keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirishda deputat huquqi, majburiyati va maqomi, davlat va jamiyat qurilishida siyosiy partiyalarning roli, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish va tizimlashtirish tartibi va boshqa sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida ma`ruza qildi.
Shuningdek, kun tartibi bo'yicha ishtirokchilarga qonunchilikdagi yangiliklar, xususan, saylov qonunchiligidagi o'zgarishlar tog'risida ham qisqacha ma`lumotlar berib o'tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar deputatlik so'rovlarini rasmiylashtirish, ularning muddatlari, bu borada davlat organlari va tashkilotlarining rahbar xodimlarini mas`uliyati oshirish hamda boshqa bir qator deputat faoliyati bilan bog'liq masalalar yuzasidan o'zaro fikr almashib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar olishdi.
Jahongir Ashurov, Huquqqiy targ'ibot va ma`rifat bo'limi yetakchi maslahatchisi