Viloyatda faoliyat yurituvchi xususiy notariuslar ishtirokida o'quv-seminar tashkil etildi
Bugun, 16-iyul kuni adliya boshqarmasi majlislar zalida viloyatda faoliyat yurituvchi xususiy notariuslar ishtirokida o'quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur o'quv-seminar davomida dastlab O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyuldagi "Notarial faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 369-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berib o'tildi.
Xususan, 2022-yil 1-iyuldan boshlab xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish to‘g‘risidagi arizani topshirish, qabul qilish va ko‘rib chiqish, shuningdek litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq barcha tartib-taomillar “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga to‘lovlarni undirish uchun notarial idora binosi yoki xonasida tijorat banklari bilan shartnoma tuzgan holda maxsus kassa, bankomat, terminal yoki infokioskalar joylashtirish tavsiya etilishi, notarius hamda uning xodimlari xonasi videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lishi, bunda videoyozuvlar kamida bir oy davomida saqlanishi ta’minlanishi kerakligi, xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini topshirish istagida bo‘lgan jismoniy shaxslarga qo‘yiladigan talablar, malaka imtihonida ishtirok etish uchun murojaat qilish, uni ko‘rib chiqish hamda malaka imtihonini tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi Xususiy notarial faoliyat bo‘yicha malaka imtihonini tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq amalga oshirilishi kerakligi bo'yicha tushuntirish berildi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 156-son qarori mazmun-mohiyatiga ham to'xtalib o'tildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarning fikr va mulohazalari tinglanib, amaliyotda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar muhokama qilindi hamda kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik maqsadida aniq rejali topshiriqlar berildi.