Romitan tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi "Sho`rcha" MFYda sayyor qabul va targ'ibot tadbiri o'tkazildi
Joriy yilning 04.08.2022 yilda Romitan tuman adliya bo'limi tomonidan qizil hudud ro'yxatida turuvchi "Sho`rcha" MFY aholisi uchun huquqiy targ'ibot tadbiri hamda sayyor qabul o'tkazildi. Ushbu sayyor qabulda tuman adliya bo'limi, YuXKM, DXM, FHDY, IIB va notarius xodimlari ishtirok etishdi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, mehnat qonunchiligi normalarini qo`llash, fuqarolarning mehnatga doir huquqlarining buzilishini oldini olish choralarni ko‘rish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiya uchun javobgarlik masalalari, xotin-qizlarning huquqlari hamda chet elda harbiy xizmatga yollanganlik uchun javobgarlik belgilanganligi, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayatgan o'zgartirishlar hamda shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinlgi haqida fuqarolarga tushuntirildi.
Sayyor qabul davomida MFYda istiqomat qiluvchi 26 nafar fuqaro qabul qilindi. 6 nafar fuqaroning savoliga joyida huquqiy tushuntirish berildi hamda 3 nafar fuqaroning murojaatlari tuman adliya bo'limining ish yurituviga qabul qilindi hamda 5 nafar fuqaroga mahallaning o'zida sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.