September 20, 2022

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari xatlovi tahlil qilindi

Buxoro viloyat adliya boshqarmasida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini va ularda barpo etilgan ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ro‘yxatini shakllantirish (xatlov) ahvoli bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonida joriy yilning 18-iyul o’tkazilgan videoselektor yig‘ilishida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini va ularda barpo etilgan ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ro‘yxatini shakllantirishni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan taqdim qilingan ma'lumotga ko‘ra bugungi kunga qadar viloyatda aniqlangan 117 183 ta o‘zboshimchalik bilan egallangan (davlat ro‘yxatidan o‘tmagan) yer uchastkalari va ularda barpo etilgan ko‘chmas mulk obyektlaridan 15-sentabr holatida atigi 6 938 tasi yoki 6% hisobga olinishi ta'minlangan.

Yig’ilshda ishchi guruh a’zolariga sustkashlik va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilishi oqibatida xatlov ishlari Buxoro viloyatid o‘z vaqtida va sifatli ta’minlanmasligiga olib kelishi tushuntirildi.