March 24, 2022

Vobkent tuman adliya bo'limi xodimlari Vobkent tuman Agroinspeksiya bo'limida targ'ibot tadbiri amalga oshirildi

Kuni kecha Vobkent tuman Agroinspeksiya bo'limida Vobkent tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbiri amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni haqida Vobkent tuman adliya bo'limi boshlig'i J.Qandov so'zga chiqib, tadbir ishtirokchilarga huquqiy tushuntirishlar berdi. Farmonga muvofiq kelgusida amalga oshiriladigan islohotlar haqida gapirib o'tdi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risida"gi Qonunining mohiyati yig'ilganlarga tushuntirib berildi. Korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlar qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ma'lumotlar berildi.

Bundan tashqari, ushbu targ'ibot tadbirida xodimlarni qiziqtirgan qonunchilikka oid bo'lgan savollarga Vobkent adliya bo'limi xodimlari tomonidan huquqiy javoblar berildi.

Vobkent tuman adliya bo'limi