"Yashil makon" aksiyasi doirasida daraxtlar ekildi
Yashil olamni saqlash va ko‘paytirish maqsadida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida e’lon qilingan "Dolzarb 40 kunlik" loyihasida adliya xodimi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar.
Jumladan, joriy yilning 15-noyabr kuni adliya va yuridik xizmat ko'rsatish markazi хodimlar aksiyani natijadorligini ta'minlash maqsadida erta tongdan yeng shimarib daraxt ekish kabi savobli ishni boshlavorishdi.
Ezgulikka yoʻgʻrilgan ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad shahar-u-qishloqlarni koʻkalamzorlashtirish, yashil hududlar maydonini kengaytirish, aholi, xususan, yoshlarni atrof-muhit barqarorligini taʼminlashda faolligi va masʼuliyatini yanada oshirish, mahallalar hududlarini, aholi turar-joylari atrofini bundan-da koʻrkam koʻrinishga keltirishdan iborat.
Adliya jamoasi “Yashil makon” loyihasini qoʻllab-quvvatlaydi, mana shunday islohotlar bardavom boʻlishini tilab qolamiz!