February 17, 2022

Navbatdagi qabul “Qavola Maxmud” MFY aholisi bilan


Buxoro tuman adliya boʼlimining 2022-yil 1-yarmiga moʼljallangan jimoniy va yuridik shaxslarning sayyor qabul qilish jadvaliga muvofiq tumandagi “Qavola-Maxmud” MFY da navbatdagi sayyor qabul oʼtkazildi.

Sayyor qabulda mazkur hududda yashovchi 20 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari eshitilib, murojaatlarning aksariyat qismi huquqiy tushuntirish berish yoʼli bilan joyida hal etildi.
Oʼrganish talab etiladigan 3 ta murojaat boʼlim ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, qabul jarayonida xotin-qizlarning huquqlari, ularga nisbatan zoʼravonlikni oldini-olish, sogʼlom oila tarzi hamda ularga berilgan imtiyozlar va qulayliklar yuzasidan qonunchilik boʼyicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berib oʼtildi.

Buxoro tuman adliya boʼlimi