October 24, 2022

Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari tasdiqlandi

Viloyat adliya boshqarmasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi(ARGOS) Buxoro viloyat filiali bilan hamkorlikda Buxoro viloyat G'aznachilik boshqarmasi hamda viloyat Monopoliya boshqarmasida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloqining namunaviy qoidalari va Odob-axloq komissiyasi to'g'risidagi namunaviy nizom haqida o'quv seminari bo'lib o'tdi.

Seminar qatnashchilariga davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, jumladan kasbiy madaniyatga oid odob-axloq qoidalari, xizmat faoliyatidagi odob-axloq qoidalari, xizmatdanb tashqaridagi odob-axloq qoidalari, Odob-axloq komissiyasi vazifalari batafsil tushuntirib o'tildi.

Seminar qatnashchilarining savollariga ma'ruzachilar tomonidan javoblar berildi.