April 16, 2022

Adliya boshqarmasi tomonidan 438 nafar xodimning bo`sh turib qolganliklari uchun ularga to'lanishi lozim bo'lgan to'lovlarni to'lab berish masalasida bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnoma kiritildi

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tibbiyot muassasasining ish hujjatlarini o'rganish jarayonida tibbiyot muassasasining 28.04.2021-yildagi 336, 336/1-sh-sonli buyruqlariga asosan 438 nafar xodimga boshqarmaning 27.04.2021-yildagi 01/2007-sonli ko‘rsatmasi va markazning 47-sonli buyrug‘iga asosan markazda ta’mirlash ishlari tugagunga qadar o‘z hisobidan mehnat ta’tiliga chiqarilganligi aniqlandi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 159-moddasida xodimning aybisiz yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda va bekor turib qolingan vaqtda uning o‘rtacha ish haqi saqlanishi belgilangan.
Mazkur aniqlangan holat yuzasidan tibbiyot muassasiga nisbatan o‘z hisobidan mehnat ta’tiliga chiqarilgan 438 nafar xodimning bo`sh turib qolganlik muddatlarini hisoblab, tegishli to`lovlarni xodimlarga to'lash yuzasidan bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnoma kiritildi.