Sayyor qabul: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi
Joriy yilning 22-fevral kuni viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Anvar Ro‘ziyev tomonidan Olot tumani "Qumkashon" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi uchun dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etish va "Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda tahlil qilish orqali huquqiy yechim berish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Bo'lib o'tgan mazkur sayyor qabulda Davlat xizmatlari markazi, FHDY, O`zbekiston notarial palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, Olot tuman adliya bo'limi, MFY raislari va hokim yordamchilari ishtirok etishdi.
Qabul jarayonida adliya xodimlari va tegishli tashkilot vakillari tomonidan hudud aholisining murojaat va masalalari tinglanib, ularni hal etish choralari ko'rildi. Xususan, 15 nafardan ortiq fuqarolarning kredit, uy-joy, moddiy yordam olish tartibi kabi murojaatlar yuzasidan huquqiy maslahatlar berilib, o'rganilishi vaqt talab etadigan 19 nafar fuqaroning murojaatlari tegishli tartibda ko'rib chiqish uchun nazoratga olindi.
Muxtasar aytganda, mazkur sayyor qabul davomida fuqarolarga imkon darajasida joyidayoq huquqiy tushuntirishlar berildi hamda vaqt va o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosi bo‘yicha tegishli xodimlarga topshiriqlar berildi.