Partiya xodimlarining siyosiy bilimlari boyitildi
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyat partiya tashkiloti hamkorligida “Siyosiy partiyalarning huquqiy asoslari: partiya ustav faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar bilan o‘zaro munosabati” mavzusida seminar tashkil etildi.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Muxlis Muzaffarov tomonidan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonun, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmatchilari to‘g‘risida”gi qonunlarning mazmun mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq, o‘z ustavlari asosida amalga oshirishlari lozimligi haqida seminar ishtirokchilariga tushuntirish berdi.
Seminarda siyosiy partiyalar qonunga muvofiq o‘z binolari, inshootlari, asbob-uskunalar, nashriyotlar, transport vositalari, shuningdek ustavida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boshqa mol-mulkiga ega bo‘lish huquqlari mavjudligi, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish esa “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq amalga oshirilishi tushuntirib o‘tildi.
Seminar oxirida xodimlarni qiziqtirgan savollarga mas’ul vakillar tomonidan javob berildi.