September 13, 2022

Buxoro viloyat adliya boshqarmasining 2022-yil avgust oyidagi eng yaxshi xodimi aniqlandi

✅Xabaringiz bor, viloyat adliya boshqarmasi jamoa orasidan eng yaxshi xodimni aniqlab, rag‘batlantirib bormoqda. An'anaga ko‘ra, boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi bosh maslahatchisi Farmonov Halim Qurbon o'g'li avgust oyi uchun oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

✅Halim Farmonov adliya tizimidagi faoliyatini 2020-yilda Buxoro shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

✅2021-yil 6-dekabrdan boshlab Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi bosh maslahatchisi lavozimda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

✅Buxoro viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Halim Farmonovni ushbu e'tirof bilan tabriklaydi. Uning kelgusidagi ishlarida omad va rivoj tilaydi!