July 15, 2022

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi Romitan tuman bo'limida o`tkazilgan targ`ibot tadbiri

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi rahbarligida Buxoro viloyatida vazirliklar, hududiy tashkilotlar va idoralar rahbarlari ishtirokida o`tkazilgan ommaviy qabullar natijalari bo`yicha yig`ilish bayonining 16-bandi ijrosi yuzasidan Romitan tuman adliya bo`limi va Romitan tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi xodimlari bilan hamkorlikda “Tuman (shahar) adliya bo`limlari va yuridik xizmat ko`rsatish markazlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish 2022-yilga mo`ljallangan reja-grafik”ka ko`ra joriy yilning 8-iyul kuni Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi Romitan tuman bo'limida targ`ibot tadbiri o`tkazildi.

“Adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo`limlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo`yicha xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish dasturi” ijrosini amalga oshirish maqsadida Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi Romitan tuman bo'limining murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodimiga vaByudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi Romitan tuman bo'limida mavjud bo`limlarning boshqa xodimlari ham fuqarolardan kelib tushadigan murojaatlar bilan bilan doimiy ishlashlarini inobatga olgan holdao'quv-seminar, huquqiy maslahat targ'ibot tadbiri amalga oshirildi.

O`tkazilgan targ'ibot tadbiri davomida ularga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga oid qonunchilik, murojaatlarning turlari, shakllari va ularga qo`yiladigan talablar, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari, murojaatlarni ko`rib chiqish yuzasidan davlat nazorati to`g`risida, shuningdek, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan beriladigan murojjaatlarni barchasini belgilangan muddatlarda ijobiy hal qilish, mazkur murojaatlarni hal etish davomida fuqarolarni ovoragarchiliklarga yo`l qo`ymaslik, murojaat qilgan barcha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tez ijobiy hal etish lozimligi hamda "Odam savdosiga qarshi kurashish", "Ekologik muammolarni hal etish, atrof muhitni himoya qilish tizimining yangi bosqichi – xalq muhokamasi davom etayotgan va yangi tahrirda qabul qilinishi kutilayotgan Konstitutsiyamizda ekologiya masalasi ham joy olganligi, Tadbirkorlik faoliyati erkinligining hamda xususiy mulk daxlsizligining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari" mavzularida, hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni mazmun-mohiyatini yuzasidan tushuntirildi.

“Adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo`limlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo`yicha xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish dasturi”ning tegishli bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu bandida belgilangan majburiy mehnat uchun javobgarlik, xodimning mehnat huquqlari va majburiyatlari, ish beruvchining majburiyatlari, mehnat shartnomasini tuzish, o`zgartirish va bekor qilish, ish vaqti va dam olish vaqti, ta’tillar, mehnatga haq to`lash, qo`shimcha kafolat va imtiyozlar, mehnat intizomi, taraflarning javobgarligi, mehnat nizolari va ularni hal qilish tartibi mehnat muhofazasi bo`yicha tegishli tartibda tushuntirishlar berilib, ushgbu holatga qat’iy riolya qilish, xodimlarning ish joyida belgilangan majburiyatlarga amal qilish doirasida majburiy mehnatga yo`l qo`yilmasligi, ushbu holat javobgarlikni keltirib chiqarishini, mehnat munosobatlari davomida, mehnat shartnomalari va jamovaviy shartnomalarda xodimning huquq va majburiyatlari bilan birgalikda ish beruvchining ham majburiyatlari aks ettirilgan bo`lib, shartnomada belgilangan huquq majburiyatlarga ish beruvchi va xodimning rioya qilishlari tushuntirildi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi Romitan tuman bo'limida o`tkazilgan o`quv seminar davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha xalqaro konvensiya, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to`g`risida axborot berayotgan shaxslarni himoya qilish, manfaatlar to`qnashuvi to`g`risida tushunchalar, korrupsiyaga qarshi kurashda davlat organlarining vakolatlari, birlashma xodimlarining bu sohadagi huquq va majburiyatlari, davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlarni va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o`tkazish to`g`risida, shuningdek yuridik shaxslar o`rtasida tuzaladigan shartnomalarda ham korrupsiyaga oid bo`lgan holatlar mavjud emasligi ko`rsatilishi lozimligi tushuntirildi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi Romitan tuman bo'limida olib borilgan o`quv seminari davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tuman adliya bo’limi va tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimi tomonidan javoblar berildi.