February 18, 2022

Shofirkon tuman Irrigatsiya bo'limida mehnat muammolari yechimlariga bag'ishlangan targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Shofirkon tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan tuman Irrigatsiya bo'limida navbatdagi targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan tadbirda markaz boshlig'i Z.Halimov tomonidan "E-huquqshunos" elektron tizimida tashkilotlar o'rtasida elektron hujjat almashinilish jarayoni, elektron tizimga kiritilgan o'zgartirishlar, mehnat va fuqarolik qonunchiligiga doir mavzular yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan, tashkilot xodimlari uchun ish vaqti va ish vaqtidan tashqari hamda dam olish kunlarida ishga jalb etilgan taqdirda, ularga to'lanilishi lozim bo'lgan haq miqdorlari, xodimlarni nafaqa yoshiga yetganda ular bilan mehnat shartnomasi bekor qilish va agar xodimlarning ishlash istagi mavjud bo'lgan taqdirda ular bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish xususida kerakli tushuntirish va tavsiyalar berildi.