Shofirkon tuman Veterinariya va chorvachilikni riovjlantirish bo'limida mehnat muammolari yechimlariga bag'ishlangan targ'ibot tadbiri o'tkazildi
Shofirkon tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limida navbatdagi targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan tadbirda markaz boshlig'i Z.Halimov tomonidan mehnat qonunchiligiga doir mavzular yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan, tashkilot xodimlarini dam olish kunlarida ishga jalb etilgan taqdirda, ularga dam olish kunlarida to'lanilishi lozim bo'lgan haq miqdorlari, xodimlarni nafaqa yoshiga yetganda ular bilan mehnat shartnomasi bekor qilish va agar xodimlarning ishlash istagi mavjud bo'lgan taqdirda ular bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish xususida kerakli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.