Adliya aralashuvi bilan boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan hisoblangan bir yo‘la beriladigan 128 311 254 so‘m nafaqani undirilishi ta'minlandi
Peshko‘ tuman “Xurram” MFY Kate qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.Z o‘g‘li Q.S 2020-yil 7-oktabr kuni Romitan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida mehnat vazifalarini bajarilayotgan vaqtida baxtsiz hodisa sodir bo‘lganligi natijasida vafot etganligi sababli, ish beruvchi tomonidan to‘lanadigan bir yo‘la beriladigan nafaqa (zarar) to‘lovlari to‘lanmasdan kelinayotganligi sababli, ushbu zarar to‘lovlarini undirishda amaliy yordam berishishni so‘rab Romitan adliya bo'limiga murojaat qildi.
Murojaat adliya xodimlari tomonidan o'rganib chiqilganda Romitan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi S.Z foydasiga 128 311 254 so‘m bir yo‘la beriladigan nafaqa (zarar) to‘lovlarini to'lab berishi lozim bo‘lsada mazkur muassasa turli sabablarni ro'kach qilgan holda bir yo'la beriladigan nafaqani to'lab bermay kelayotganligi aniqlandi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 12-bandida muvofiq, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lovi to‘lanishi belgilangan.
Yoki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-sonli “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoida”sining 43-bandida majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tovoni bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan hollarda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lovi to‘lanishi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil
11-fevraldagi 60-son qaror bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash” to‘g‘risidagi qoidaning 34-bandida muvofiq, ish beruvchi zararni to‘lash to‘g‘risidagi arizani ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda ko‘rib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart ekanligi belgilab qo'yilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 182-200-moddalariga, va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudiga tegishli tartibida ariza kiritilib, Javobgar Romitan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasidan fukaro S. Z foydasiga hisoblangan 128 311 254 so‘m bir yo‘la beriladigan nafaqa (zarar) to‘lovlarini undirib berilishi ta'minlandi.