Huquqiy ongni oshirib borish davr talabi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudi, viloyat Adliya boshqarmasi hamda Kogon tuman adliya bo‘limi hamkorlikda Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan islohotlar hamda ushbu islohotlar zamirida qabul qilingan va yangilanayotgan qonun hujjatlari mazmun mohiyatini targ‘ib qilish yuzasidan seminar yig‘ilishi tashkil etishdi.
Yig‘ilish davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudi raisi Sh.Ziyadullayev so‘zga chiqib, amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun mohiyatini yoritish barobarida Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan yangi normativ hujjatlar mazmuniga ham to‘xtalib, korrupsiya kabi illatning davlat va jamiyat manfaatlariga qanchalik zarar yetkazishini, buning uchun jazo muqarrar ekanini va korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida barcha yakdil harakat qilishi shartligi ta’kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga yig‘ilish davomida seminar ishtirokchilari qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.
Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan maqsad "Korrupsiya kelajakka tahdid" degan g'oyani davlat tashkilotlari va organlari xodimlarining shuuriga bosqichma-bosqich singdirish, korrupsiyaga qarshi kurashish vazifasi nafaqat davlat organlari xizmatchilarining, balki barcha fuqarolarning ham burchi ekanligini keng targ‘ib qilish, korrupsiya illatiga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha mavjud normativ hujjatlarning mazmunidan barchani xabardor qilish bo'ldi. hamda qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida targ‘ibot ishlarini olib borish, shu orqali barchani yana bir bor ogohlikka chaqirishdan iboratdir.