#Ijtimoiy aksiya
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tibbiyot muassasasiga 10 nafar tibbiyot xodimiga nisbatan qo'llanilgan noqonuniy intizomiy jazo choralarini bekor qilish hamda noqonuniy qo'llanilgan intizomiy jazo chorasi natijasida xodimlarga to'lanmay qolgan pul mablag'larini to'lab berish yuzasidan bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnoma kiritildi.
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tibbiyot muassasasining ish hujjatlarini o'rganish jarayonida muassasa tomonidan xodimlarga intizomiy jazo choralari berilishida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Jumladan, tibbiyot muassasasining 21.09.2022-yildagi 762-sonli buyrug‘iga asosan M.Jga 30 foizlik jarima jazosi tayinlangan. Ammo mazkur intizomiy jazo chorasini qo‘llash uchun xodimdan 24-sentyabrda tushuntirish xati olingan.
Shuningdek, markazning 26.11.2021-yildagi 946-sonli buyrug‘ida asosan xodim D.Yga intizomiy jazo chorasi berilgan bo‘lsada, xodimdan 30.11.2021-yilda tushuntirish xati olingan.
Xuddi shunday markazning 14.06.2021-yildagi 457-sonli buyrug‘iga asosan Z.Mga intizomiy jazo qo‘llanilgan bo‘lib, xodimdan 15.06.2021-yilda tushuntirish xati olingan.
Xuddi shunday markazning 25.05.2021-yildagi 401-sonli buyrug‘i bilan M.Mga intizomiy jazo qo‘llanilgan bo‘lib, xodimdan tushuntirish xati 26.05.2021-yilda olingan.
Markazning 18.10.2021-yildagi 853-sonli buyrug‘i bilan M.B va N.Xga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, ulardan tushuntirish xati olinmagan.
Vaholanki, Mehnat kodeksining 182-moddasida intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozimligi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, markazning 26.10.2021-yildagi 875-sonli buyrug‘iga asosan M.Rga 2021-yil 30-iyulda hamda 2020-2021-yilda aniqlangan kamchiliklar uchun intizomiy jazo chorasi sifatida 50 % jarima jazosi berilgan bo‘lib, mazkur intizomiy jazo chorasi mehnat kodeksida ko‘rsatilgan muddatlarga amal qilinmasdan berilgan.
Xuddi shunday, markazning 17.05.2021-yildagi 376-sonli buyrug‘i bilan
2020-yil qilgan hatti-harakatlari uchun xodimlar G.R va N.Xga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Vaholanki, Mehnat kodeksining 182-moddasida intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan bir oy ichida qo‘llanilishi, nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy o‘tganidan, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa, — sodir etilgan kundan boshlab ikki yil o‘tganidan keyin jazoni qo‘llab bo‘lmasligi ko‘rsatilgan.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida adliya boshqarmasi tomonidan tibbiyot muassasasiga 10 nafar tibbiyot xodimiga nisbatan qo'llanilgan noqonuniy intizomiy jazo choralarini bekor qilish hamda noqonuniy qo'llanilgan intizomiy jazo chorasi natijasida xodimlarga to'lanmay qolgan pul mablag'larini xodimlarga to'lab berish yuzasidan bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnoma kiritildi.