July 21, 2022

Vobkent tuman adliya bo'limi tomonidan tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limida o'quv-seminar tashkil etildi

Vobkent tuman adliya bo'limi hamda YuXKM xodimlari tomonidan tasdiqlangan reja-grafik va bo'limga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlari o'rtasida o'quv-kursi va dolzarb qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy maslahat targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Ushbu tadbir davomida ishtirokchilarga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash”, “Mehnat qonunchiligi normalarini tushuntirish. Soha xodimlarining mehnatga doir huquqlarining buzilishini oldini olish choralarni ko‘rish” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish. Korrupsiya uchun javobgarlik”, "Odam savdosiga qarshi kurashish" mavzularida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yig'ilganlarga amaldagi Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o'zgartirishlar, kutilayotgan Konstitutsiyamizda ekologiya masalasi ham joy olganligi, "Yangilanayotgan Konstitutsiyada murojaat qilish huquqi institutining takomillashtirilishi", "Ta'lim olish huquqining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari", "O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi - yangilanayotgan Konstitutsiyadagi insonparvar qoidalar", "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining hamda xususiy mulk daxlsizligining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari", "Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo’shimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", "Ekologik muammolarni hal etish, atrof muhitni himoya qilish tizimining yangi bosqichi" mavzularida, "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish tog'risida"gi O'RQ-561-son qonunining mazmun mohiyatini yetkazishga oid xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda yangi qabul qilingan boshqa dolzarb qonun hujjatlarining ahamiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar, maslahatlar berildi.