Ustama to'lovlari bo'yicha monitoring o'tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish va o’rganish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, boshqarmaning huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi
PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan
40 ga yaqin viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarida monitoring o‘tkazildi.
Ushbu Farmonning 13-bandiga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan barcha davlat organlari va tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama belgilash yo‘lga qo‘yilgan.
Monitoring davomida 20 ga yaqin davlat tashkilot va idoralarida mas’ul xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini yuklanganligi va ustama to‘lanayotganligi, 7 ta davlat tashkilotida “Sport targ‘ibotchisi qo‘shimcha vazifasini yuklash to‘g‘risida” buyruq chiqarilmaganligi, 5 tasida mas’ul xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini yuklash to‘g‘risida buyruq chiqarilgan bo‘lsada, lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama to‘lanmayotganligi, 8 tasida esa mas’ul xodimlarning bazaviy lavozim maoshiga ustamalar qisman to‘lanayotganligi aniqlandi.
Shunga ko‘ra, monitoring natijasida yuqoridagi Farmon talablarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 20 ga yaqin taqdimnomalar kiritildi.