April 16, 2022

Tibbiyot muassasasi tomonidan ayrim xodimlarga qonunda belgilangan tartibda imtiyozlar qo‘llanilmagan

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tibbiyot muassasasining ish hujjatlarini o'rganish jarayonida tibbiyot muassasasi tomonidan xodimlarga qonunda belgilangan tartibda imtiyozlari qo‘llanilmaganligi aniqlandi.

Jumladan, kichik tibbiy xodim G.R ga 2020-2021-yillar uchun 2021-yilning 01-iyul kunidan 05-avgust kuniga qadar 531-sh-sonli buyruqqa asosan mehnat ta’tili berilgan bo‘lsada, qaramog‘ida 1-guruh nogiron farzandi mavjud bo‘lsada, bir kunlik ish haqi miqdorida haq to‘lagan holda oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni hamda har yili uch ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til berilmagan.

Xuddi shunday, kichik tibbiy xodim O.Sh ga 2020-2021-yillar uchun 2021-yilning 01-iyul kunidan 02-avgust kuniga qadar 531-sh-sonli buyruqqa asosan mehnat ta’tili berilgan bo‘lsada, qaramog‘ida 1-guruh nogiron farzandi mavjud bo‘lsada, bir kunlik ish haqi miqdorida haq to‘lagan holda oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni hamda har yili uch ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til berilmagan.

Shuningdek, Sh.R ga ham mazkur imtiyozlar qo‘llanilmagan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 230-moddasida nogiron bolasini tarbiyalayotgan ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola o‘n olti yoshga to‘lgunga qadar davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq to‘lagan holda oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni berilishi, 232-moddasida o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili uch ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til berilishi belgilangan.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan adliya boshqarmasi tomonidan tibbiyot muassasasining mas'ul xodimiga nisbatan ta'sir chora qo'llash masalasida taqdimnoma kiritildi.